Ramazon oyida Saudiya Arabistoni masjidlari yopiladi

Olam

image

Saudiya Arabistoni koronavirus sababli odamlar ko‘p to‘planadigan marosim va tadbirlarni cheklashni rejalashtirmoqda. Xususan, aprelning oxirida kirib keladigan muqaddas Ramazon oyida ham ibodat uchun masjidlarga kelishni ham cheklamoqchi. Bu haqda qirollik sog‘liqni saqlash vaziri Muhammad Abdul Ali ma’lum qilmoqda.

“Barchamiz Ramazondagi ibodatlarni sog‘indik. Lekin koronavirus bartaraf etilmas ekan, o‘rnatilgan cheklovlar davom etadi”, deydi Abdul Ali.

Kecha, 6 aprel kuni Saudiya Arabistoni hukumati qator shaharlarda komendantlik soatini joriy etdi. Bu shaharlarga poytaxt Ar-Riyodning bir qismi, Makka, Madina, Jidda, Dammam, Dahran, shuningdek, Al-Qotif va Al-Xubar provinsiyalari kiradi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida koronavirusga 2 605 nafar odam chalindi. 551 bemor shifo topgan bo‘lsa, 38 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing