UFC Habib va Fergyuson jangini Ramazon oyi sabab qoldiradimi?

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC chempioni dog‘istonlik Habib Nurmuhamedov Ramazon vaqtida Toni Fergyusonga qarshi jang qilmasligini, Ramazon yakunlanganidan so‘ng jang qilishini ma’lum qilgandi. ESPN nashrining xabar qilishicha, UFC prezidenti Dana Uayt Ramazon sabab ushbu jangni qoldirmasligini ma’lum qilgan.

"Men o‘z tanamni qanday ekanligini yaxshi bilaman. Shuning uchun Ramazon vaqtida va undan keyin jang qilmayman. Ramazon oyidan so‘ng, tiklanib olishim uchun kamida 45 kun kerak bo‘ladi. Biz yuqori darajada jang olib boramiz. Shuning uchun barchasini hisobga olish kerak", deydi Habib Nurmuhamedov.

Joriy yilda Ramazon oyi 23 apreldan 23 mayga davom etishi taxmin qilinyapti. Habib Nurmuhamedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang shu yilning 18 aprel kuniga belgilangan. Biroq, koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalgani bois jang o‘tkazish joyi hozircha aniqlangani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Ramazon Habib Nurmuhamedov Toni Fergyuson

Baholaganlar

176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing