Ramazon arafasida bozorlarda narx-navo qanday edi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.

O‘zbek bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 5 may holatidagi narxlari quyidagicha:

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx “Chorsu” dehqon bozorida qayd etilgan – 32 000 – 42 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun Farhod dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 28 000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti - 42 000 dan 45 000 so‘mgacha.

Tovuq go‘shti

13 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida, hamda Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 13 000 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 20 000 so‘m.

Guruch

4 000 so‘mdan – 16 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida va Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 14 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 5 500 – 16 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

7 200 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12 500 so‘mgacha.

Un

1 500 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm un uchun 2 200 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyati Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi 1 500 – 2 000 so‘m.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha.

Shakar

4 300 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 so‘m.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Termiz shahri markaziy dehqon bozorida, Buxoro shahar markaziy dehqon bozori, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida va Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 – 5 500 so‘m.

Tuxum

350 so‘mdan – 700 so‘mgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka

1 200 so‘mdan – 4 500 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi “Chorsu”, “Farhod”, “Yunusobod” va “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 200 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Buxorodagi markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 3 000 – 4 500 so‘mgacha.

Pomidor

5 000 so‘mdan – 17 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozori, Toshkentdagi “Farhod” va “Qo‘yliq” dehqon bozorida kuzatildi – 5 000 so‘mdan – 10 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx esa Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 10 000 – 17 000 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni

1 000 so‘mdan – 3 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Xorazmning Urganch shahri, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so‘m.


Maqola muallifi

Teglar

narx-navo

Baholaganlar

30

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing