Ramazon hayitida metro ham bepul bo‘ladi
Jamiyat
−
09 aprel
3917Ertaga, 10 aprel kuni Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent metropoliteni soat 04:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK ma’lum qildi.
Bildirilishicha, bunday tashabbus hukumat tomonidan bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining Ramazon hayiti bayramini osoyishta va yuqori kayfiyatda o‘tkazishga bag‘ishlagan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni (10 aprel) respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 4:00 dan 10:00 ga qadar aholiga bepul xizmat ko‘rsatishi belgilangandi.
LiveBarchasi