Ramazon hayiti munosabati bilan viloyatlarga qo‘shimcha avtobus qo‘yiladi

Jamiyat

image

Navro‘z bayrami hamda Ramazon Hayiti arafasida Toshkent shahridan respublikaning turli hududlariga qo‘shimcha avtobus qatnovi qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent avtovokzalidan amaldagi reyslardan tashqari har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda 70 dan ortiq qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda.

Qatnovlar Toshkent avtovokzalidan Zomin, Samarqand, Jarqo‘rg‘on, Buxoro, Qorako‘l, Mirbozor, Navoiy, Jo‘sh, Nurota, Zarmitan, Zarafshon, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq, Kadan, Payariq, Shahrisabz, Qarshi, G‘uzor, Sherobod, Termiz, Denov, Uzun, Urganch, Xiva, Gurlan, To‘rtko‘l va Nukus shaharlariga amalga oshiriladi.

“Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan avtovokzalning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tanishing. Chiptalarni Toshkent avtovokzali chiptaxonalaridan hamda “UzBus” mobil ilovasi orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin”, deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, xabarda aytishicha, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlarida ichki turizm hamda aholining hududlararo harakatlanishga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqib, yo‘nalishlarda uzluksiz ravishda qo‘shimcha qatnovlar tashkil etib boriladi.

Jarayonlarni to‘liq nazorat qilish maqsadida Transport vaziri topshirig‘iga asosan vazirning birinchi o‘rinbosari rahbarligida Toshkent avtovokzalida tezkor shtab ish boshlagan.

Toshkent avtovokzali rasmiy Telegram-kana️li: https://t.me/Toshkentavtovokzali
Ma’lumot uchun: (71)207-87-00

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan joriy yil 20 mart kuni Toshkentda jamoat transporti ish faoliyatini ertalabki soat 04:00 dan boshlashi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon Hayiti qo'shimcha avtobus Toshkent avtovokzali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing