Ramazon hayiti munosabati bilan poytaxtning qator ko‘chalari yopiladi
Jamiyat
−
30 aprel 2022
10825Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan poytaxtdagi qator ko‘chalar 1 may soat 24:00 dan 2 may 7:00 ga qadar transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Vaqtincha yopiladigan ko‘chalar:
Olmazor tumani:
“Imom Buxoriy” masjidi oldidagi Chimboy ko‘chasi – Forobiy – Chimboy ko‘chalari chorrahasidan Chimboy – KXAY chorrahasigacha.
"Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasigacha
Shayxontohur tumani:
“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Uyg‘ur ko‘chasi – Nurafshon – Uyg‘ur ko‘chalari chorrahasidan Uyg‘ur – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.
“Kox-ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
“Ubay ibn Ka’b” Al-Xorazmiy masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
"Katta Qozirabod" masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon chorrahasigacha.
“Shayx” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.
Uchtepa tumani:
“Abdullox ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qani ko‘chalari chorrahasigacha.
“Hazrati Umar” masjidi oldidagi Nazarbek ko‘chasi – Nazarbek – Yu.Sakkokiy ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek –Uyg‘ur chorrahasigacha.
Yunusobod tumani:
“Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.
“Mirzo Yusup” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – A.Temur – Bog‘ishamol ko‘chasidan Bog‘ishamol – Bodomzor chorrahasigacha.
Yakkasaroy tumani:
“Usmon bin Mag‘zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Cho‘lponota chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
“Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis chorrahasigacha.
Sergeli tumani:
“Kuddusi Sharif” masjidi oldidagi Qipchok ko‘chasi - Yangi Sergeli - Qipchok chorrahasidan Qipchok - Xonobod chorrahasigacha
LiveBarchasi