Ramazon hayiti 5 iyun kuni nishonlanadi
Jamiyat
−
30 may 2019
5596O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 5 iyun chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda qabul qilingan Prezident Farmoniga muvofiq, 1 iyun – shanba 6 iyun – payshanbaga ko‘chirilgan edi.
Shunga ko‘ra, 2019 yil 5 ва 6 iyun kunlari dam olish kunlari hisoblanadi.
LiveBarchasi