Raqobat qo‘mitasi poyezddagi noqulayliklarni nazoratga olganini e’lon qildi

Jamiyat

image

Avvalroq, bir nechta o‘zbek san’atkorlari yo‘lovchi poyezdning sharoiti yomonligi, jumladan, sovitish tizimi ishlamayotgani, tom qismidan qum tushib, nafas olishga xalal berayotganidan shikoyat qilgandi. Raqobat qo‘mitasi hozirda ushbu vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bu holatlarni o‘rganish va aniqlik kiritish bo‘yicha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJga tegishli tartibda so‘rov yuborgan.  Hozirda qo‘mita tomonidan bu kabi holatlar yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilayotgani aytiladi.

“Yuqoridagi holatlar ham shu o‘rganishlar doirasida ko‘rib chiqilishini va ushbu holatlar qo‘mitaning nazoratiga olinganligini ma’lum qilamiz. O‘rganish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ yo‘lovchi vagon juda eski ekani, shuningdek, o‘rnatilgan sovitish tizimining texnik shartlariga ko‘ra, tashqi havo harorati 40 darajadan ko‘tarilganda tizimning sovitish funksiyasi yaxshi ishlamaganini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Raqobat qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing