Raqobat qonunchiligini buzgan sement korxonasiga ish qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
07 Oktabr
4739Manipulyatsiya harakatlarini sodir etgan “Shaffof sement sanoat” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitorning natijasida, “Shaffof sement sanoat” MCHJ QK tomonidan 2023 yil yanvar-dekabr va 2024 yil yanvar-iyul oylarida 298 ta holatda 20 645 tonna sement mahsulotini birja savdolariga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotilgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, ushbu mahsulotni 2023-2024 yillar davomida sotish kunlaridagi narxlari 2023-2024 yillar davomida birja savdolarida shakllangan o‘rtacha birja kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda 298 ta holatda mahsulot narxlarini yuqori qo‘llash natijasida jami 669 mln so‘mga yaqin miqdorda tafovut (farq) holatlari aniqlangan.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, “Yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish” harakatlari manipulyatsiya deb hisoblanadi.
Yuqoridagilarga muvofiq, Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablari buzilishi alomatlari bilan “Shaffof sement sanoat” MCHJ QKga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.
Eslatib o‘timiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi tomonidan reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan “Hamkorbank” ATBga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilgandi.
LiveBarchasi