Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi
Jamiyat
−
02 fevral 2024
3087O‘zbekistonda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi. Bu haqda 1 fevral kuni “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital Technology Center – “ENTERPRISE UZBEKISTAN”) tashkil etildi.
2024 yil 1 iyundan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga Markazda xorijiy kompaniyalar uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi.
Shuningdek, Markaz hududida eksperiment tariqasida quyidagi sohalarda maxsus huquqiy rejim joriy etiladi:
- raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar va biznes mahsulotlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha “tartibga solish qumdoni”ni joriy etish;
- bojxona va soliqqa tortish;
- mehnat munosabatlari;
- moliya va bank faoliyati;
- shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish;
- davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
- intellektual mulkni himoya qilish;
- tijorat va fuqarolik nizolarini ko‘rib chiqish.
Bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
LiveBarchasi