Raqamli texnologiyalar kelgusi yilda O‘zbekiston taraqqiyotida muhim rol o‘ynashda davom etadi

Biznes

image

Huawei kompaniyasining tabrigi

“Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 23 yildan buyon faoliyat yuritib, iqtisodiyotning har xil jabhalari uchun texnologik yechimlarni taqdim etgan holda sanoatni raqamli transformatsiya qilish, ekologik AKT infratuzilmasini yaratish, ta’lim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirish, aholining axborot texnologiyalariga oid ko‘nikmalarini yaxshilash va intellektual qurilmalar asosida raqamli dunyo afzalliklaridan foydalanish yo‘nalishidagi harakatlarga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. 

An’anaga ko‘ra tugayotgan yilning so‘nggi haftasi amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yil uchun rejalar tuzish uchun ajoyib fursatni taqdim etadi. O‘zbekistonda AKT sohasining jadal rivojlanayotganini hisobga olgan holda, o‘ylaymanki, ekotizm bo‘yicha barcha ishtirokchilar va hamkorlar 2022 yilda erishilgan yutuqlar bilan faxrlanishlari mumkin. Mamlakatning raqamli transformatsiyasi Raqamli strategiya doirasida muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda, xususan bunga:

- “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash Yagona markazining ishga tushirilishi;
- Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini o‘tkazish uchun Samarqandda 5G tarmoqning yo‘lga qo‘yilishi;
- BPO xizmatlar sohasida O‘zbekiston imkoniyatlarining kengaytirilishi;
- raqamli ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha yosh avlod uchun imkoniyatlarning yaratilishi;
- O‘zbekistonda yashil energetika tarmog‘iga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalar sonining ko‘paytirilishini misol qilish mumkin.

Huawei tarafdan raqamli sohadagi mazkur muhim loyihalarda qatnashish biz uchun katta sharafdir. Biz 2023 yilda, ayniqsa, kelgusi yil mamlakatda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinishi ortidan raqamli texnologiyalar o‘zining ahamiyatli vazifasini bajarishda davom etadigan bir davrda ham, yangi imkoniyatlarga hamisha ochiqmiz va tayyormiz. Kelgusi yilda ilg‘or yechimlarni joriy etish orqali aholi uchun xizmatlar sifatini oshirish, bilimlardan foydalanish uchun teng imkoniyat yaratish, ekologik texnologiyalar yaratish bizning kompaniyamiz uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolaveradi. O‘zbekiston uglerod neytralligi, iqtidorli kadrlarni tayyorlash, aholining turmush darajasini oshirish va mamlakatni raqamli xabga aylantirish bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun hech shubhasiz ulkan salohiyatga ega. 

Huawei kompaniyasi nomidan O‘zbekiston xalqini eshik qoqayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklab, 2023 yilda barchangizga mustahkam sog‘lik, quvnoq kayfiyat, salmoqli muvaffaqiyatlar va ulkan yutuqlar doimo hamroh bo‘lishini tilab qolamiz.
 

Chen Szyakay, Huawei O‘zbekistan direktori.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing