Radioaktiv qurilmalarni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
17 fevral 2023
9442Samarqand viloyatida radioaktiv va zaharli qurilmalarni sotish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati Davlat xavfsizligi xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyatida tug‘ilgan muqaddam sudlangan fuqaro hamyurti hamda samarqandlik shaxs bilan o‘zaro til biriktirgan holda jinoiy guruh tuzib, mo‘may daromad topishni rejalashtirgan.
Aniqlanishicha, andijonlik fuqaro muqaddam sudlangan jinoiy sherigining taklifiga ko‘ra, Andijon viloyatidagi tanishidan go‘yoki harbiy maqsadda foydalaniladigan radioaktiv va zaharli qurilmalarni Samarqand shahriga olib kelgan. Ishonchli xaridor topilguniga qadar shu yerdagi mehmonxonalardan birida yashab kelgan.
Keyinchalik muqaddam sudlangan fuqaro Samarqand shahridagi tanishi orqali mazkur moslamalarni umumiy hisobda 1 million AQSH dollari evaziga mahalliy fuqaroga sotishga kelishib, oldindan 200 000 AQSH dollari talab qilgan. Ular ichida 1 kg “Simob” kimyoviy moddasi mavjud bo‘lgan qo‘lbola usuldagi qurilmani 200 000 AQSH dollari evaziga mahalliy fuqaroga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
“Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi viloyat Davlat xavfsizligi xizmati xabarida.
LiveBarchasi