Ra’no Jo‘rayeva “Uzbekistan Airports”ga direktor etib tayinlandi
Jamiyat
−
22 fevral 2021
18262“Uzbekistan Airports” kompaniyasiga Ra’no Frunzeyevna Jo‘rayeva rahbar etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya kuzatuv kengashi a’zosi Aziza Umarova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Bosh vazir Abdulla Aripov “Uzbekistan Airports”ning yangi rahbarini tanishtirgan. Rossiyadagi uzoq yillik faoliyatidan keyin O‘zbekistonga qaytgan Ra’no Jo‘rayevaga ushbu lavozim topshirilgan.
“Uning so‘nggi ish joyi Rossiyadagi eng yirik aerokosmik xolding – “Roskosmos” korxonasining rahbari bo‘lgan. Shuningdek, u transport sohasidagi loyihalarni ishlab chiqishda, xususan, Fuqaro aviatsiyasi innovatsion markazida havo orqali yuklarni tashishda ye-Freight standartini amalga oshirishda hamda Domodedovo aeroportini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etgan”, deb yozgan Aziza Umarova.
Shuningdek, u “Uzbekistan Airways” kompaniyasi rahbariyatida ham o‘zgarishlar ro‘y berganini yozib qoldirgan, biroq bu o‘zgarish haqida aniq ma’lumot bermagan.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar “Uzbekistan Airports” AJga Ravshan Ismoilov rahbarlik qilib kelar edi.
Ma’lumot uchun, “Uzbekistan Airports” AJ mamlakatdagi 11 ta aeroportni boshqaradi.
LiveBarchasi