Rahmonov Bosh vazirga maslahatchi bo‘ldi
Jamiyat
−
30 yanvar 27394 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Otabek Rahmonov Turdimuhammadovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Rahmonov yangi ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Live
Barchasi