Rahmonaliyevning CHLdagi debyuti qanday baholandi?
Sport
−
10:28 972 1 daqiqa
Kecha, 10 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev “Sabah” safida Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi debyutini o‘tkazdi. “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvda Rahmonaliyev jamoasi yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Umarali Rahmonaliyev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi bo‘limning 71-daqiqasida zaxiraga olindi.
“Sofascore” portali Rahmonaliyevning o‘yindagi harakatlariga 6,5 ball qo‘ygan bo‘lsa, “Flashscore” uning o‘yinini 5,9 ballga baholadi.
Ma’lumot uchun, “Sabah” tarixda Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘l olgan ikkinchi Ozarbayjon klubiga aylandi. Bunga qadar “Qorabog‘” 2017-2018 yilgi mavsumda turnirning guruh bosqichida, 2025-2026 yilgi mavsumda esa umumiy bosqichida ishtirok etgan.
Keyingi turda “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Atletiko Madrid”ni qabul qiladi, “Sabah” esa “Slaviya Praga” bilan bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv ham joriy yilning 13 oktyabr kuni o‘tkaziladi.
Live
Barchasi