Rahmonaliyev jamoasi YeCHLdagi uy o‘yinlarini Ozarbayjondagi eng katta stadionida o‘tkazadi
Sport
−
15:00 342 1 daqiqa
Ozarbayjon chempioni “Sabah” 2026-2027 yilgi Chempionlar ligasining liga bosqichidagi uy uchrashuvlarini Baku Olimpiya stadionida o‘tkazadi. Bu ma’lumot UEFA rasmiy saytida ham tasdiqlangan.
“Boyqushlar” liga bosqichidagi to‘rtta raqibini Bakuda qabul qiladi. Jamoa o‘z uyida joriy yilning 13 oktyabr kuni “Slaviya” (Chexiya), 20 oktyabr kuni “Borussiya Dortmund” (Germaniya), 25 noyabr kuni “Barselona” (Ispaniya) va 20 yanvar kuni “Napoli” (Italiya)ga qarshi maydonga tushadi.
Qolgan to‘rtta uchrashuvni “Sabah” safarda o‘tkazadi. Jumladan, Ozarbayjon klubi joriy yilning 10 sentyabr kuni “Manchester Yunayted” (Angliya), 4 noyabr kuni “Viking” (Norvegiya), 8 dekabr kuni “Vilyarreal” (Ispaniya) va 27 yanvar kuni “Arsenal” (Angliya) bilan bahs olib boradi.
Ma’lumot usun, “Sabah” safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Umarali Rahmonaliyev to‘p tepadi. Klub joriy mavsum Chempionlar ligasining liga bosqichida o‘z tarixida ilk bor ishtirok etmoqda. Jamoaga litvalik mutaxassis Valdas Dambrauskas bosh murabbiylik qilmoqda.
Live
Barchasi