Rahmonaliyev YeCHL o‘yinida eng yaxshilaridan biri bo‘ldi
Sport
−
10:28 652 1 daqiqa
Kecha, 13 oktyabr kuni Ozarbayjonning “Sabah” klubi UEFA Chempionlar ligasi asosiy bosqichi 2-turida Chexiyaning “Slaviya Praga” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Baku Olimpiya stadionida o‘tgan uchrashuvda o‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev to‘liq harakat qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa mezbonlar Kaim Parrisning 49-daqiqadagi goli orqali hisobda oldinga chiqdi. 88-daqiqada Joy-Lans Mikels ikkinchi to‘pni kiritib, “Sabah”ning g‘alabasini mustahkamladi.
Rahmonaliyev gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmagan bo‘lsa-da, maydonda to‘liq harakat qildi. “Sofascore” portali O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisining maydondagi harakatlarini 8,3 ball bilan baholadi. “Sabah” tarkibida faqat bir futbolchi Umaralidan yuqori ball oldi. Ozarbayjonliklar darvozaboni Stas Pokatilov portal talqiniga ko‘ra, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida 9,7 ball oldi.
Shu tariqa, “Sabah” jamoasi Chempionlar ligasidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Hozirda Baku jamoasi 3 ochko jamg‘argan holda umumiy jadvalda 21 o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi