Rahmon Samarqandga tashrifni Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2022
10231Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bugun, 15 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.
Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
So‘ng Tojikiston rahbari Hazrati Xizr yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Shayxay hamkorlik tashkilotining 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda o‘tadigan sammitida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston davlat hamda hukumat rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin allaqachon Samarqandga yetib kelgan.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan esa ozar-arman chegarasidagi qurolli to‘qnashuv sabab sammitda ishtirok etmasligini bildirdi.
LiveBarchasi