Rahmon Samarqandda Japarov bilan chegara masalasida kelishib oldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 16 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining davlat rahbarlari kengashi majlisida qatnishish uchun Samarqandda bo‘lib turgan Qirg‘iziston va Tojikiston Prezidentlari chegaradagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o‘tkazdi.

Ikki davlat rahbarlari tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shin va vositalarni to‘qnashuv chizig‘idan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib oldilar.

Shuningdek, davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi ishini jadallashtirish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

Avvalroq Qirg‘iziston va Tojikiston soat 16:00 dan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga kelishgandi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston harbiylari Qirg‘iziston bilan chegaradagi yana bir qancha hududlarni o‘qqa tuta boshladi. Shundan so‘ng, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari muzokaralar o‘tkazdi va uning davomida chegaraning umumiy uchastkasida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi.

Ma’lumot uchun, ikki davlat chegarasida vaziyat 14 sentyabr kuni keskinlashgan. Qirg‘iziston tomonining ma’lum qilishicha, tojik chegarachilari chorshanba kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken tumanining Buloq-Bashi hududidagi chegara hududiga kirib, “jangovar pozitsiyalarini egallagan”. Qirg‘iziston harbiylarining hududni tark etish talabiga javoban Tojikiston chegarachilari o‘t ochgan, shundan so‘ng otishma boshlangan. Oradan bir necha soat o‘tib, Botken viloyatining Kak-Say va Paski-Ariq tumanlarida ham qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Kechqurun otishmalar to‘xtagan, qirg‘iz tomoni ikki nafar harbiy xizmatchi va uch nafar tinch aholi vakillari yaralangani haqida xabar bergan.

Chegaradagi otishmalarda hozirgacha Qirg‘iziston tomonidan 18 harbiy jarohatlangani va 15 yoshli qiz vafot etgani ma’lum. Tojikiston tomonidan bir nafar chegarachi halok bo‘lgan, uch nafari yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing