Rahim Sterling giyohvand moddalar iste’mol qilgani sabab hibsga olindi
Sport
−
10:00 762 1 daqiqa
“Manchester Siti” va “Chelsi”ning sobiq hujumchisi Rahim Sterling giyohvand moddalar ta’siri ostida avtomobil boshqarganlikda gumon qilinib hibsga olindi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, to‘rt karra Angliya Premer-ligasi g‘olibining avtomashinasidan noqonuniy moddalar topilgan. Shuningdek, futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan.
Manbaga ko‘ra, hibsga olish holati Sterling o‘zining “Lamborgini” avtomobilini boshqarayotgan vaqtda yo‘l-transport hodisasiga uchraganidan so‘ng sodir bo‘lgan. Hodisada boshqa transport vositalari ishtirok etmagan va hech kim jabrlanmagan.
Qayd etilishicha, “Feyenoord” hujumchisi tergov ishlari yakunlangunga qadar garov evaziga ozod qilingan.
Sterlingga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, futbolchi hozirda muayyan “qiyinchiliklar”ni boshdan kechirmoqda.
Ma’lumot uchun, 2026 yil yanvar oyida “Chelsi” Sterling bilan hamkorlikni to‘xtatgan edi. Fevral oyida esa, Sterling “Feyenoord” bilan shartnoma imzoladi. U Niderlandiya chempionatida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Live
Barchasi