Rahim Hakimov Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamiyat
−
24 dekabr 2022
9658O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmoni bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Rahim Hakimov yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Rahim Rasuljonovich Hakimov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Shu munosabat bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, Murtaza Mamatqulovich Qarshiboyev Prezident maslahatchisi - Spichrayteri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
LiveBarchasi