Rahbarning “o‘yin qilishga” haqqi yo‘q – Prezident qishloq xo‘jaligi yerlarini kadastrdan o‘tkazish haqida

Jamiyat

image

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish, meva-sabzavotchilik klasterlari va tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergandik.

Yig‘ilishda kelgusi, 2022 yilning 1 martiga qadar barcha qishloq xo‘jaligi yerlarining kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.  

O‘z navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu vazifa yuzasidan quyidagicha fikr bildirdi:

“Birorta hudud rahbarining bu masalada “o‘yin qilishga” haqqi yo‘q”.

Yig‘ilishda kelgusi, 2022 yilda paxta va g‘alladan qisqartiriladigan 80 ming gektar maydonlar aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun 10 sotixdan 1 gektargacha 10 yil muddatga ochiq elektron tanlov o‘tkazish orqali ijaraga berilishi ma’lum qilindi. 

Ta’kidlanishicha, bunda asosiy mezon tomorqadan samarali foydalanish va yaratiladigan ish o‘rinlari bo‘ladi. 

Ushbu yerlarda dehqonchilik qilish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar ekishga 6 oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha kredit ajratiladi.

Yig‘ilishda har bir yer uchastkasi 2 kunda kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilishi shartligi, aholi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yig‘imlardan ozod qilinishi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

437

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing