Reper 50 Cent uelslik qizlar jamoasiga homiylik qildi

Sport

image

Amerikalik mashhur reper va aktyor 50 Cent Kardiff shahrining 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar futbol jamoasiga yordam berdi. Bu haqda BBC ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, endi “Rumney” jamoasi formasida 50 Cent taxallusi hamda “G-Unit” logotipi bo‘ladi.

Jamoa murabbiyi Richi Braunning so‘zlariga ko‘ra, 50 Cent bilan yaqinda gastrol safarida ishlagan sportchilardan birining otasi undan jamoaga yordam berishni so‘ragan.

“Avvaliga u bizning mehmondagi formamiz uchun pul to‘ladi. Biz esa biroz ko‘proq so‘radik va u mashg‘ulot liboslarini ham sotib olishga homiylik qildi”, deydi Braun.


Maqola muallifi

Teglar

Uel's reper Kardiff Rumney

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing