O‘quvchilarning dars tayyorlayotgani haqida hech qanday fotosurat talab etilmaydi
Jamiyat
−
22 mart 2020
5958Avvalroq, maxsus tashkil etilgan Hukumat komissiyasi o‘quvchilarning ta’til paytida bilim olishi uchun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, televizion darslar milliy teleradiokompaniyaning 4 ta kanalida efirga uzatilishi rejalashtirilgan: 1-4-sinflar uchun “Yoshlar” telekanalida, 5-8-sinflar uchun “Oilaviy”, 9-11-sinflar uchun “Madaniyat va ma’rifat”, amaliy fanlar va 5 ta muhim tashabbus bilan bog‘liq mashg‘ulotlar “Dunyo bo‘ylab” telekanallari orqali efirga uzatiladi.
So‘nggi kunlarda ko‘pchilik ota-onalarda savol tug‘ildi: Bolalarning dars qilayotganliklarini rasmga olib, ularni maktabga hisobot tariqasida jo‘natish kerakmi?
Ushbu masalaga Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev oydinlik kiritdi.
“Vazirlik tomonidan o‘qituvchi yoki ota-onalardan uyda dars tayyorlanayotgani haqida hisobot (fotosurat) yuborishlari haqida hech qanday topshiriq berilmagan. Fursatdan foydalanib, barcha ota-onalarga, pedagoglarga murojaat qilib aytmoqchimiz, hech qanday ortiqcha hisobot, qog‘ozbozlik yoki fotosuratlar talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, dedi vazir o‘rinbosari.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi