Tonnalab kokain tashuvchi “yirtqich” qo‘lga olindi

Olam

image

Ispaniya rasmiylari Galisiya viloyatida uch tonnaga yaqin kokainni tashuvchi suv osti kemasini qo‘lga oldi. “The Drive” ma’lumotlariga ko‘ra, "yirtqich" deb atalayotgan bu kabi kemadan odatda giyohvand sotuvchilar o‘z mollarini tashishda foydalanadi.

Ta’kidlanishicha, aksariyat hollarda bu kabi suv osti kemalari ancha kichik o‘lchamda bo‘ladi. Biroq, Ispaniya suvlarida topilgan bu suv osti kemasi esa odatdagilaridan deyarli ikki baravar katta. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, uning uzunligi 20 metr, kengligi esa deyarli 2,2 metrga yetadi.

Suv osti kemasi qayerda yasalgani noma’lum, ammo giyohvand moddalar savdosini o‘rganuvchi mutaxassis XI Suttonning so‘zlariga ko‘ra, uning dizayni Kolumbiya hukumati tomonidan shu yil boshida Tinch okeanida ushlangan, taxminan 1,7 tonna yuk tashuvchi suv osti kemasiga o‘xshaydi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, barcha suv osti kemasi yaratuvchilari o‘z uslubiga ega. 

“The Drive” ma’lumotlariga ko‘ra, giyohvand moddalar sotuvchilari o‘z kemalarini yuqori darajada texnik jihozlashgan. Shunday qilib, kelajakda jinoyatchilar bunday suv osti kemalarini giyohvand moddalar kontrabandasi uchun ko‘proq ishlata boshlashlari bashorat qilinmoqda.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ispaniya

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing