QALAMPIR.UZ ishga taklif etadi
Biznes
−
09 avgust 2024 26558 1 daqiqa
QALAMPIR.UZ axborot agentligi O‘zbekistondagi eng ko‘p o‘quvchiga ega Internet-ommaviy axborot vositalaridan biridir. Biz o‘zbek tilida axborot tarqatamiz va 8 yildirki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorida yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib kelyapmiz.
Jamoamiz esa kundan kunga kengaymoqda. Endi esa bizning oilamizga sotuvlar bo‘yicha menejer kerak.
Biz professional, ijodkor va o‘ziga ishongan xodimlarni qidiryapmiz.
Nomzodlar bizning asosiy qadriyatlarimizni bilishi muhim. Bular:
• Mas’uliyat
• Ishonch va qat’iyat
• O‘z kasbiga ishtiyoq
Biz sizdan nimalar kutamiz?
• CRM tizimi bilan ishlay olish
• Ehtimoliy mijoz bilan uchrashuv tayinlash
• Shartnoma tuzish
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
• Toshkentda istiqomat qilish
• Muloqotga kirishuvchanlik
• O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish
• Kamida 1 yil ish tajribasiga ega bo‘lish
Agar siz qo‘yilayotgan talablardan biriga javob bermasangiz, qo‘rqishga hojat yo‘q. Biz sizning arizangizni ko‘rib chiqishga tayyormiz. Bu degani – bilmasangiz, o‘zimiz o‘rgatamiz!
QALAMPIR.UZ sizlarga:
• kasbiy o‘sish imkoniyati;
• shinam ofis;
• do‘stona jamoa;
• bepul tushlik, choy va kofeni kafolatlaydi
• Rezyume: +998998423320 - Telegram
Aloqa uchun +998 99 842 33 20
Live
Barchasi