QALAMPIR.UZ'da yana bir xushxabar! Telegram sahifamiz “verified” nishonini oldi

Jamiyat 3918
image

QALAMPIR.UZ jamoasi xushxabar yetkazishda davom etadi. Saytimizning Telegram messenjeridagi rasmiy kanali tasdiqlanganlik belgisini (verified) oldi.

Telegram’dagi rasmiy kanalimiz 2015 yilning sentyabr oyi ochilgan. Bugungacha kanalimizga 182 mingdan ortiq odam obuna bo‘lgan. 

Hozirgacha QALAMPIR.UZ kanaliga 60 mingdan ortiq maqola va mediakontent joylashtirilgan. Telegram’dagi sahifamizda e’lon qilinayotgan yangiliklar haftasiga 4,3 mln marta ko‘riladi.

QALAMPIR.UZ sahifasiga har kuni o‘rtacha 1 000 kishi obuna bo‘ladi. Jami kuzatuvchilarning 100 mingga yaqini QALAMPIR.UZ kanaliga joylab borilayotgan yangiliklardan doimiy ravishda xabardor bo‘lib borish uchun “bildirishnoma” funksiyasini yoqib qo‘ygan.

Siz ham hoziroq QALAMPIR.UZ'ning Telegram kanaliga a’zo bo‘ling!

Avvalroq, QALAMPIR.UZ'ning YouTube kanali “kumush belgi” olgani haqida xabar bergan edik.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 112
Reyting: 3.1
Teglar
t
×