QALAMPIR.UZ aholi murojaatlari bo‘yicha jurnalistik surishtiruvlar o‘tkazishni boshlaydi
Jamiyat
−
04 dekabr 2019
9122QALAMPIR.UZ sayti aholi murojaatlari asosida jurnalistik surishtiruvlarni boshlashni rejalashtirmoqda. Agar sizda o‘zingizni qiynayotgan muammolar yuzasidan tahririyatga murojaat etish fikri bo‘lsa, buning bir necha tartibini keltirib o‘tamiz.
Murojaatning elektron usulda saytning elektron pochtasiga, ya’ni info@qalampir.uz ga yuborishingiz mumkin.
Shuningdek, murojaatlarni tahririyatning murojaatlar uchun maxsus ochilgan (90)-009-33-20 raqamiga (@qalampir_murojaat) Telegram messenjeri orqali jo‘nating.
Yuborishni maqsad qilgan murojaatingizda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi shart:
• Ism-familiya va bog‘lanish uchun telefon raqamingiz
• Yashash manzilingiz
• Murojaatning qisqacha mazmuni
• Davlat mutasaddi tashkilotlariga murojaat yo‘llagan yoki yo‘llamaganligingiz.
Shu o‘rinda eslatma: ikki fuqaro yoki yuridik shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar va kelishmovchiliklar, oilaviy nizolarga asoslangan murojaatlar tahririyat tomonidan o‘rganilmaydi.
LiveBarchasi