Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 7 oyda qancha pul berildi?
Jamiyat
−
17 avgust 2025 5512 1 daqiqa
O‘zbekistonda joriy yil boshidan buyon sodir etilgan soliq huquqbuzarliklari haqidagi murojaatlar soni 63 mingdan ortiqni tashkil qilmoqda. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2025 yilning yanvar-iyul oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 63 ming 988 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
- 57 ming 672 tasi xarid cheki bermaslik;
- 2278 tasi to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 145 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 3893 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.
Murojaatlarning 31 ming 423 tasi takroriy bo‘lgani yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’ektida tekshiruv davom etayotgani sababli ko‘rib chiqilmagan. Murojaatlar asosida 25 ming 924 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 98,9 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Qo‘mitaning yozishicha, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 27 ming 451 ta holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 19,7 milliard so‘m mukofot to‘langan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan katta miqdorda asossiz pul yechib olgani haqida xabarlar tarqalib, bir holatda tadbirkordan hatto 200 mln so‘m yechib olingani haqida xabar berilgandi. Soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasida yuz bergan texnik nosozlik sababli 30,1 ming soliq to‘lovchining hisobidan asossiz ravishda jami 399,3 milliard so‘m mablag‘ yechib olingan.