Yaponiyada yangi davr boshlandi. Naruxito imperator bo‘ldi
Olam
−
22 Oktabr 2019 7926 1 daqiqa
Bugun, 22 oktyabr kuni Yaponiya imperatori Naruxito mamlakat konstitutsiyasi va imperator sulolasi qonuniga muvofiq taxtni rasman egalladi.
Yangi imperatorning taxtni egallash marosimi Tokiodagi imperator saroyining eng nufuzli Qarag‘ay zalida bo‘lib o‘tdi.
Marosimda mamlakat rasmiylari va mahalliy aholidan tashqari 174 mamlakatdan 400 ga yaqin xorijlik delegatlar ishtirok etdi. Marosimda jami 2 ming kishi qatnashdi. Yaponiyaning barcha telekanallari Naruxitoning taxtga o‘tirish marosimini jonli efirga uzatdi.
Ma’lumot uchun, Naruxito joriy yilning 30 aprel sanasida otasi Akixito taxtdan voz kechganidan so‘ng, uning o‘rnini egallagandi.
Eslatib o‘tamiz, Naruxitoning taxtga chiqish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025