Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun bugun, 13 iyun kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga jo‘nab ketdi. 

Sammitda a’zo mamlakatlar o‘rtasida siyosat, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, xavfsizlik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi. 

Muloqotlar yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi,  tashkilot doirasida hududlararo aloqalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan. 

Prezidentning xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev ShHT Bishkek

Baholaganlar

6

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing