Putinning Ukrainadagi urush imkoniyatlari tugayapti – “Bloomberg”

Olam

image

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu rus qo‘shinlariga Xersondan chekinishga buyruq berdi. Bu jang maydonida katta muvaffaqiyatsizlik. Shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga bormaslik haqidagi qarori uning diplomatik ta’sirining pasayib borayotganidan dalolat beradi. Bu haqda "Bloomberg" nashri yozmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukrainadagi bosqinchi kuchlar qo‘mondoni Sergey Surovikin chekinishlarini e’lon qilganida Putin bunday qarorni qabul qilishga tayyor bo‘lmagan. 

Qayd etilishicha, Kreml Putinni Xerson viloyati va Ukrainaning boshqa hududlarini doimiy ravishda anneksiya qilish istagiga zid bo‘lgan mag‘lubiyatlar bilan bog‘lashni istamaydi.

Shuningdek, Putin G20 a’zolari bo‘lmish jahon yetakchilari tomonidan urushga qarshi keskin jamoatchilik tanqidiga duch kelishi mumkin. Putin uchun bu sammitda ishtirok etish har qanday foydadan ustun turardi.

Putin diplomatik yordam olish uchun Xitoy rahbari Si Szinpin yoki Hindiston Bosh vaziri Narendra Modiga murojaat qilishi mumkin.

Ammo ikkalasi ham o‘tgan hafta o‘zlarining norozilik signallarini yubordi. Si yadro qurolidan har qanday holatda foydalanishning oqibatlaridan ogohlantirdi. Hindiston Tashqi ishlar vaziri esa Moskvada turib, rivojlanayotgan mamlakatlar “juda o‘tkir og‘riq” ostida ekanini aytdi. Chunki urush oziq-ovqat va energiya inqirozini kuchaytirmoqda.

Kreml rahbari ichki va xorijda tobora kuchayib borayotgan to‘siqalarga duch kelayotganiga qaramay, Putin taslim bo‘lish va tinchlik so‘rash tomon borayotgani haqida hech qanday alomat yo‘q. Biroq, uning manyovr qilish maydoni juda torayib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Si Tszin'pin Sergey Shoygu Narendra Modi

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing