Putinning “soya floti”dagi ikki tanker Qora dengizda portladi

Olam

image

Qora dengizning Turkiya qirg‘oqlariga yaqin hududda Rossiyaga ketayotgan Kairos neft tankeri minaga to‘qnashib portladi. Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiya neftini tashiganlik uchun sanksiya ostiga olingan ushbu kema portlash va undan keyin yuzaga kelgan yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan. Bu haqda Turkiya dengiz ishlari bosh boshqarmasiga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Turkiya rasmiylari xuddi shunday hodisa ikkinchi tanker – Virat bilan ham sodir bo‘lganini ma’lum qilgan. Hodisa vaqtida ikkala kemada ham yuk bo‘lmagan. Tankerlar yordamiga qutqaruv kemalari yuborilgan.

Kemalar harakati monitoringi xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Kairos Novorossiyskdan Hindistonning Paradip portiga Urals markali neft yetkazib berganidan so‘ng yuk ortish uchun Rossiya portiga qaytayotgan bo‘lgan. Virat tankeri esa Rossiya neftini tashiganlik uchun AQSH va YeI sanksiyalari ostida bo‘lgan va yilning katta qismida Qora dengizning g‘arbiy qismida to‘xtab turgan. Bu AQSH uni joriy yilning 10 yanvar kuni sanksiya ro‘yxatiga kiritganidan keyin yuz bergan. 

Tribeca Shipping ma’lumotlariga ko‘ra, Kairos mina portlashidan keyin cho‘kib ketish xavfi ostida qolgan. Shu bilan birga, agentlikning qayd etishicha, Bosfor bo‘g‘ozi orqali kemalar harakati to‘xtamagan va odatdagi tartibda davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina uchuvchisiz samolyotlari Boltiq dengizidagi Rossiyaning Primorsk portiga urilganidan keyin neft to‘kilishi sodir bo‘lgandi. Finlyandiya ko‘rfazida neft to‘kilishiga o‘xshash kamida ikkita nuqta ko‘ringan.


Maqola muallifi

Teglar

neft' tankeri soya floti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing