Putinning odami Zelenskiyning AQSHga borayotganiga munosabat bildirdi

Olam

image

Kreml Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Vashingtonga tashrifidan keyin ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini kutmayapti. Bu haqda bugun, 21 dekabr kuni jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

"Yo‘q", deydi Peskov, Kreml tomonlarning ritorikasini ijobiy tomonga o‘zgarishini kutadimi,  degan savolga javoban.

Shu bilan birga, Kreml vakili AQSH qurol-yarog‘ini yetkazib berishda davom etishi Ukraina uchun yaxshilik va’da qilmasligini ta’kidladi.  

“[Qo‘shma Shtatlarga] qurol-yarog‘ yetkazib berish davom etmoqda, yetkazib beriladigan qurollar ko‘lami kengaymoqda. Bularning barchasi, albatta, mojaroning keskinlashuviga olib keladi va aslida Ukraina uchun yaxshilik va’da qilmaydi”, deydi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 21 dekabr kuni AQSH Prezident Jo Bayden bilan muzokara o‘tkazgani Vashingtonga yo‘l oldi. Tashrif davomida Zelenskiy AQSH Kongressida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. Muhim shuki, bu Zelenskiy Rossiya Ukrainaga nisbatan qurolli bosqin boshlaganidan beri ilk bor xorijiy tashrifni amalga oshiryapti. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing