Putinning odami Toshkentga keldi. U Prezident bilan uchrashadi
Olam
−
11:16 5044 1 daqiqa
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bugun, 15 aprel kuni O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Kiriyenkoni aeroportda Sherzod Asadov va Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov kutib olgan.
Asadovga ko‘ra, tashrif doirasida bugun Sergey Kiriyenko O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘ladi.
“Mamlakatlarimiz yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston – Rossiya munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida izchil rivojlanib, yangi amaliy mazmun bilan boyib bormoqda”, deyiladi Asadov yozgan xabarnomada.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 2025 yilning may oyida Rossiyada bo‘lib, Hukumat raisi Mixail Mishustin, Federal Majlis Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko, jumladan Prezident Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan uchrashib qaytgandi.
Live
Barchasi