Putinning odami Rossiyada AQSHni ham yo‘q qila oladigan qurol borligini aytdi

Olam

image

Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev Vashingtonni Moskvaning yadroviy qudratini past baholaganlikda ayblab, Rossiyada har qanday dushmanni, shu jumladan AQSHni ham yo‘q qilish uchun qurol borligidan ogohlantirdi.

“O‘z propagandasi tuzog‘iga tushgan amerikalik siyosatchilar, Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnash kelgan taqdirda, Qo‘shma Shtatlar profilaktik raketa zarbasini amalga oshirishi, bundan keyin Rossiya javob qaytara olmasligiga ishonishadi. Biroq bu yaxshi o‘ylanmagan o‘ta xavfli ahmoqlikdan boshqa narsa emas”, degan Patrushev.

Uning aytishicha, Rossiya sabrli va o‘zining harbiy ustunligi bilan hech kimni qo‘rqitmaydi. Biroq u o‘z mavjudligiga tahdid tug‘ilganda har qanday raqibni, jumladan, AQSHni ham yo‘q qilishga qodir zamonaviy noyob qurollarga ega. 

Ta’kidlash joizki, Rossiya o‘tgan yilning fevral oyida Ukrainaga bostirib kirganining sabablaridan biri sifatida ham Kiyevning AQSH boshchiligidagi NATO mudofaasi bilan yaqinlashuvi aytildi. O‘shandan beri Moskva G‘arbni ochiq dalillar keltirmasdan, unga qarshi yadroviy tahdid qilishda ayblab keladi va agar Rossiya davlatining mavjudligi xavf ostida bo‘lsa, o‘ta og‘ir sharoitlarda yadro qurolidan foydalanishga tayyorligi haqida ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq  Prezident Vladimir Putin Rossiya o‘zining yaqin ittifoqchisi, Ukraina va Rossiya bilan chegaradosh Belarusda taktik yadro raketalarini joylashtirishini e’lon qilib, Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatgani va G‘arb bilan qarama-qarshilikni kuchaytirgani uchun NATOga ogohlantirish yuborgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

qurol Putin yadro Putinning odami Patrushev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing