Putinning murojaatnomasiga chet elliklar kiritilmaydi – Kreml

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Federal Majlisga murojaati e’lon qilinishiga xorijlik mehmonlar taklif qilinmadi. An’anaga ko‘ra, yig‘ilishda parlament a’zolari ishtirok etadi, mehmonlar orasida “maxsus harbiy operatsiya” ishtirokchilari ham bo‘ladi. Bu haqda Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

“Chet ellik mehmonlar taklif qilinmadi”, deydi u bugun, 20 fevral kuni bo‘lib o‘tgan brifingda. 

Umuman olganda, Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu tadbir ishtirokchilari tarkibi ancha an’anaviy: mehmonlarning salmoqli qismini deputatlar va senatorlar tashkil etadi.  

“Maxsus harbiy operatsiya” ishtirokchilari ham bo‘ladi”, deydi Peskov.

U boshqa ko‘plab mehmonlar ham taklif etilganini qo‘shimcha qildi. 

Putin ertaga, 21 fevral kuni Federal Majlisga murojaat bilan murojaat qiladi. Tadbir Moskvadagi “Gostiniy Dvor”da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putinning murojaatnomasiga do‘st bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan xorijiy OAV jurnalistlari kiritilmasligi aytilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing