Putinning qizi eri bilan ajrashdi – OAV
Olam
−
24 mart 2022
45002Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning to‘ng‘ich qizi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli chet ellik turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri Rossiya Federatsiyasini tark etgan, lekin faoliyatini davom ettirayotgan rossiyalik jurnalistlarga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vladimir Putinning to‘ng‘ich qizi, 36 yoshli Mariya Voronsova turmush o‘rtog‘i, gollandiyalik tadbirkor Yorrit Faassen bilan ajrashmoqda. Ularning oilasiga Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar tufayli darz ketgan.
Nashrga ko‘ra, Voronsova va uning turmush o‘rtog‘i Rossiyada Sankt-Peterburg yaqinida badavlat xorijliklar uchun hashamatli tibbiyot markazi ochishni rejalashtirgan, biroq cheklovlar tufayli ularning rejalari amalga oshmay qolgan.
Ma’lumot uchun, Prezident Vladimir Putinning Mariya va Katerina ismli ikki qizi bor.
Mariya Voronsova bolalarda kam uchraydigan irsiy kasalliklar bo‘yicha mutaxassis, shuningdek, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Endokrinologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur ma’lumot rasmiy manbalar tomonidan rasman tasdiqlanmagan.
LiveBarchasi