Putin Qirg‘iziston fuqarolari uchun “migratsiya amnistiyasi”ni o‘tkazishga qaror qildi
Olam
−
23 mart 2019
8586Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Bishkekka tashrifi arafasida Rossiya tomoni Qirg‘iziston fuqarolari uchun “migratsiya amnistiyasi”ni o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda UzA Rossiya elchixonasi tarqatgan xabarga tayanib ma’lum qildi.
“Migratsiya amnistiyasi” migratsiya qonunlarini buzgan holda Rossiyada bo‘lgan qirg‘izistonliklarning 2019 yil 22 apreliga qadar biror bir to‘siqlarsiz Rossiyadan chiqib ketishi va mamlakat hududlariga yana (har qanday muddatda) qaytib kirishlariga imkoniyat beradi. Buning uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
Bu haqdagi ma’lumotni 21 mart kuni qirg‘iz tomoniga IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lum qildi. Qirg‘iziston elchixonasi qirg‘izistonliklarni mazkur “amnistiyadan” foydalanib qolishga chaqirdi.
Qirg‘iziston davlat migratsiya xizmatining xabar qilishicha, bugungi kunda Qirg‘izistonning 710 mingdan ortiq fuqarosi mehnat migratsiyasida yuribdi. Shundan 640 mingdan ortig‘i Rossiya Federatsiyasi hududida faoliyat yuritmoqda.
Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi 2019 yilning 28 mart kuniga belgilangan.
LiveBarchasi