Putinning qancha puli borligi ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

Bugun, 30 yanvar kuni Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) prezidentlikka nomzod va amaldagi davlat rahbari Vladimir Putinning mol-mulki va daromadlari haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Putinning olti yil davomidagi jami daromadi 67 million 591 ming 875 rublni (750 ming AQSH dollari) tashkil qilgan. Shuningdek, uning Moskva (153,7 kvadrat metr) va Sankt-Peterburgda (77 kvadrat metr) kvartirasi, garaji (18 kvadrat metr) va uchta avtomobili bor.

Qolaversa, Vladimir Putin jami 54 416 604,52 rubl (taxminan 604 000 AQSH dollari) bo‘lgan 10 ta bank hisob raqamiga va Sankt-Peterburg bankining 230 ta aksiyasiga (har bir aksiya uchun 11,81 rubl) egalik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyevning qizi va kuyovi Qozog‘istonning eng boy odamlariga aylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Moskva Markaziy saylov komissiyasi pul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing