Putinning inauguratsiyasi kuni Rossiyada xavfsizlik choralari kuchaytiriladi
Olam
−
02 may 2024 7381 1 daqiqa
Rossiyada 7 may – Putinning inauguratsiyasi kuni havo hujumidan mudofaa tizimi kuchaytiriladi. Bu haqda "The Moscow Times" xabar berdi.
Qayd etilishicha, xuddi shu kuni Moskvada qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlari faollashtiriladi hamda poytaxt markazida dronlarga qarshi radioelektron kurash tizimining o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, xabardor manbalarga ko‘ra, politsiyaga maxsus magistrallar va odamlar gavjum joylardagi barcha turarjoy binolarini nazorat qilish buyurilgan.
Nashrning yozishicha, "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasining qolgan barcha yollanma askarlari o‘z kuratorlari orqali 7 may kuni uylarini tark etmasliklari kerakligi haqida xabar olgan. Ularga jamoat joylarida, shu jumladan katta guruhlarda, kamuflyajda, chevron va mukofotlar bilan chiqishlari qat’iyan man etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Putinning inauguratsiyasi kuni ma’lum bo‘lgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust