Putinning eski safdoshlaridan biri vafot etdi
Olam
−
26 iyun 6453 2 daqiqa
Bugun, 26 iyun kuni Rossiya sobiq mudofaa vaziri va prezident administratsiyasining sobiq rahbari Sergey Ivanov 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda u faxriy prezident bo‘lgan VTB Birlashgan ligasi ma’lum qildi.
Ivanov – Putin davrining eng ko‘zga ko‘ringan rossiyalik mulozimlaridan biri edi. U Leningradda tug‘ilgan, Leningrad davlat universitetining filologiya fakultetini, so‘ngra Minskdagi DXQ (KGB) Oliy kurslarini va SSSR DXQ Qizil bayroqli institutini tamomlagan. 1970-yillarning o‘rtalaridan boshlab Ivanov davlat xavfsizlik organlarida xizmat qilgan, jumladan, xorijda ham ishlagan, Vladimir Putin bilan esa Leningrad DXQ tizimida ishlab yurgan kezlaridanoq tanish bo‘lgan.
1990-yillarning oxirida, FXXga Putin rahbarlik qilgan davrda Ivanov uning o‘rinbosari bo‘lgan. Putin hokimiyat tepasiga kelgach, u Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egallagan, 2001 yilda esa mudofaa vaziri bo‘lgan. Keyinchalik Ivanov hukumatda bosh vazir o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari sifatida mudofaa-sanoat majmuasini nazorat qilgan, 2011–2016 yillarda esa prezident administratsiyasiga rahbarlik qilgan.
2007 yilda Ivanov Putinning prezidentlik lavozimidagi eng ehtimoliy vorislaridan biri sifatida tilga olingan edi, biroq yakunda hokimiyat nomidan Dmitriy Medvedev nomzod qilib ko‘rsatildi.
Prezident administratsiyasidan ketganidan so‘ng, Ivanov 2016 yildan boshlab prezidentning tabiatni muhofaza qilish, ekologiya va transport masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimida ishlab keldi. 2026 yilda Putin uni ushbu lavozimdan ozod qildi, so‘ngra Xavfsizlik kengashi tarkibidan chiqardi.
Ivanov AQSH, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va boshqa bir qator davlatlarning sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Live
Barchasi