Putinning eng yangi yadroviy raketasi yana portladi (video)

Olam

image

Joriy yilning 28 noyabr kuni Rossiya Qurolli kuchlarining Strategik raketa qo‘shinlariga qarashli Yasniy shahri yaqinidagi bazada sodir bo‘lgan portlash so‘nggi “Sarmat” qit’alararo ballistik raketasining muvaffaqiyatsiz sinovi natijasidir. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.

Guvohlar tomonidan olingan kadrlarda raketa shaxtadan chiqib, havoga ko‘tarilayotgani, so‘ng egilib, yona boshlagani va qulab tushgani, parchalanib ketgani va oxirida ulkan qo‘ziqoringa o‘xshash binafsharang bulutni qoldirishi aks etgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qurolsizlanish tadqiqotlari instituti katta ilmiy xodimi Pavel Podvigning so‘zlariga ko‘ra, Orenburg yaqinida suyuq yoqilg‘ida ishlaydigan qit’alararo ballistik raketa portlagan va barcha belgilarga ko‘ra u “Sarmat” edi.

Rossiya bu raketani 2013 yildan beri Sovet davridagi yerdan uchirilgan eskirgan raketalarni almashtirish uchun ishlab chiqmoqda. Prezident Vladimir Putin “Sarmat” 2020 yilda uchirilishini va’da qilgan, biroq raketa hech qachon uchmagan. Taxminan bir yil avval uni sinashga qilingan avvalgi urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi: raketa Plesetsk poligonidagi konda portlab, ulkan krater qoldirdi.

Fransiya Strategik Tadqiqotlar Jamg‘armasi (FRS) ilmiy xodimi Eten Markus “Sarmat” raketasi sinovlari yana muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lishi mumkin. Ekspertga ko‘ra, harbiylar zudlik bilan raketani sertifikatlashi kerak, chunki Putin bu yil uning topshirilishini e’lon qilgan. Raketa kondan 1 km uzoqlikda qulab tushgandi va 70 metr kenglikdagi krater qoldirgandi.

Harbiy ekspertlardan biri Dmitriy Kornevning aytishicha, bu safar ular raketani Kamchatkadagi Kura poligoniga qarab uchirishga harakat qilgan. Rossiya Yasniy va Kura hududlari uchun NOTAM (uchuvchilar uchun ogohlantirish) chiqargan va ularga xavfli zonalardan qochishni maslahat bergan.

U qulagan raketa “Sarmat” bo‘lishi mumkinligini aytgan. Biroq u Orenburg sinovi 1980 yillardan beri xizmat qilib kelayotgan Rossiyaning eng qadimgi raketasi – “Voyevoda” (NATO bergan nom Satan)ning muvaffaqiyatsiz sinovi bo‘lishi mumkinligini inkor etmaydi. Ikkala raketa ham suyuq yoqilg‘idan foydalanadi, bu esa xarakterli rang bulutini yaratdi.

Podvigning so‘zlariga qaraganda “Voyevoda” oxirgi marta 2013 yilda sinovdan o‘tkazilgan. SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya strategik raketa kuchlarida faqat 34 ta shunday raketa qolmoqda. Ba’zi “Voyevoda”lar hali ham qurollangan bo‘lishi mumkin bo‘lsada, raketa qo‘shinlari ulardan birini uchirishga qaror qilgani ehtimoldan yiroq.

“Yasniy” aviabazasida eng yangi Avangard raketa tizimlari ham joylashgan. Biroq bu raketalar shaxtadan “issiq uchirish”dan foydalanadi, videoda esa “sovuq uchirilish” tasvirlangan.

Ekspertga ko‘ra, aftidan, bu “Sarmat” dasturi uchun navbatdagi omadsizlikdir. Rossiya Prezidenti shu oy boshida e’lon qilganidek, raketaning 2025 yilda qo‘shinga topshirilishi dargumon. 


Maqola muallifi

Teglar

Putin Rossiya armiyasi Sarmat NOTAM Satan Et'en Markus Dmitriy Kornev NATO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing