Putinning DXR va LXRni tan olish haqidagi qarori to‘g‘rimi? Bunga rossiyaliklar qanday munosabatda?
Olam
−
23 fevral 2022
15040Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Donetsk va Lugansk xalq respublikalari (DNR va LNR) mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi qarorini rossiyaliklarning 73 foizi qo‘llab-quvvatladi. Bugun, 23 fevral kuni dastlabki natijalari e’lon qilingan Butunrossiya jamoatchilik tadqiqotlari markazi (BJTM) o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, rossiyaliklarning 4/3 qismi Putinning qorori to‘g‘ri deya hisoblashi ma’lum bo‘ldi.
“So‘rovnomada qatnashgan rossiyaliklarning 4/3 qismi Lugansk va Donetsk respubliklarini mustaqil deya tan olish haqidagi qarorni qo‘llab-quvvatlamoqda. Respondentlarning 73 foizi qarorni ma’qullagan bo‘lsa, 16 foizi qo‘llamasligi va 11 foizi esa masalaga aniq baho berolmasligini aytdi”, deyiladi so‘rovnoma haqida e’lon qilingan bayonotda.
Rossiyaliklarning katta qismi ushbu qaror borasida Putinning yonida turgan bo‘lsa-da, xalqaro jamoatchilik va G‘arb diplomatiyasi unga jiddiy e’tiroz bildirmoqda hamda javob tariqasida Kremlga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llamoqda.
Hozircha ushbu hududlarning mustaqilligini hech qaysi davlat rasman tan olgani yo‘q.
Bundan avval, 2014 yilda ham huddi shunday holat kuzatilgan edi. Unda Ukraina tarkibida bo‘lgan Qrim aholisining 95 foizi Rossiya tarkibiga qo‘shilishni yoqlab chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH Prezidenti Jo Bayden ayrim shaxslarning mulkini bloklash va ayrim operatsiyalarni taqiqlovchi farmon qabul qildi. Hujjat DXR va LXRga sarmoya kiritishni, shuningdek, ushbu mintaqalardan har qanday tovarlar, xizmatlar yoki texnologiyalarni Qo‘shma Shtatlarga import qilishni taqiqlaydi.
Bundan tashqari, ushbu farmon o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarda harakat qilishga qaror qilgan har qanday shaxsga nisbatan jazo choralarini qo‘llash imkonini beradi.
Qo‘shma Shtatlarda joylashgan yoki keyinchalik AQSHga kiradigan, DXR va LXR bilan bog‘liq shaxslarga tegishli bo‘lgan barcha mulk va mulkdagi ulushlar bloklanadi.
Shuningdek, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
LiveBarchasi