Putinning butun dunyoga qarshi urushiga tayyorlanish kerak – Germaniya TIV

Olam

image

“Katta yetillik” (G7) davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) Rossiyaning aybi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat inqiroziga qarshi turishga tayyor. Bu haqda Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ma’lum qilgan

“O‘ylashimcha, bugun biz nafaqat muhokama qilishimiz, balki butun dunyoda [Rossiya prezidenti Vladimir] Putin olib borayotgan oziq-ovqat urushiga qarshi turishga tayyorlanayotganimizni ko‘rsatib, G7 sifatida majburiyatni o‘z zimmamizga olishimiz kerak”, deydi vazir.

Berbokning so‘zlariga ko‘ra, gibrid urush bu shunchaki tanklar va havo raketalari emas, balki soxta yangiliklar, propaganda hamda butun dunyoda kuzatilayotgan oziq-ovqat urushi.

Vazir, shuningdek Moskva don eksportini to‘sib qo‘ganini aytib, bu juda katta xavf ekanini urg‘ulagan.

"Biz hammamiz bilamizki, hozirgi vaziyatda iqlim inqirozi yozda boshlansa, holat yanada yomonlashadi. Shuning uchun biz G7 sanoati rivojlangan mamlakatlar assotsiatsiyasi sifatida siyosiy javob berishimiz kerakligi haqida kelishib oldik. Biz bu yaqinlashib kelayotgan inqirozlarga qarshi turish va tezkorlik bilan harakat qilish mas’uliyatini o‘z zimmamizga olamiz", deydi Berbok.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi bug‘doy, javdar, arpa va makkajo‘xori eksportiga vaqtinchalik taqiq o‘rnatishini ma’lum qilgan edi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

672

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing