Putinning arzanda vaziri kim? Prezident javob berdi
Olam
−
24 dekabr 2021
15429Prezidentning hukumat vazirlari orasida favoritlari bo‘lishi mumkin emas va bu hech qachon sodir bo‘lmagan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yillik matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Men yillar davomida ko‘p odamlar bilan ishlab kelyapman va ularni yaxshi bilaman. Ammo, agar biror joyda ular yetarlicha ishlamayotganliklarini yoki qandaydir o‘tkir burchaklarni aylanib o‘tishga harakat qilishayotganini ko‘rsam, shaxsiy munosabatlarimizdan qat’i nazar men biz ishlayotgan masalalarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga intilishimiz kerakligini har doim hamkasblarimga ta’kidlayman”, degan u.
Davlat rahbari pandemiyani bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijalaridan kelib chiqib, Prezident ma’muriyatining ayrim xodimlari ham, hukumat a’zolari ham mukofot puli olishga munosib, deb hisoblashini aytgan. Ammo u Vazirlar Mahkamasining umumiy faoliyatini baholash niyatida emasligini ta’kidlagan.
“Gap kim yaxshi yoki yomon ekanligida emas. Gap shundaki, biz bu jarayonni qanday boshqaramiz. Biz hammaning samarali ishlashini ta’minlashga harakat qilyapmizmi yoki yo‘qmi?”, deya xulosa qilgan Putin.
Jurnalistlardan biri Putinga “Vazirlardan qaysi biri sizga yoqadi? Mana siz Shoygu bilan Taygada dam olmoqdasiz. Nega Mishustinni o‘zingiz bilan olib ketmaysiz?” deb so‘ragan.
Prezident esa nega Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan ta’tilga Sibirga borganini, biroq Bosh vazir Mixail Mishustinni o‘zi bilan olib ketmaganini hazil bilan tushuntirgan.
“Yahudiylarning eski hazilini eslang, do‘konda kim qoladi, kim ishlaydi?” degan Putin.