Putinni qamashga order berganlarning o‘ziga qarshi jinoiy ish ochildi
Olam
−
20 mart 2023
33861Rossiya Tergov qo‘mitasi Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi prokurori va sudyalariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya idorasi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish uchun order bergan Xalqaro jinoiy sud mansabdor shaxslarining harakatlarida bir qancha jinoyatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 299-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan aybsiz shaxsni qasddan jinoiy javobgarlik tortish bo‘yicha jinoyat belgilarini ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni Xalqaro jinoiy sud Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Prezidentning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan edi. Hujjatda aytilishicha, ular aholini, jumladan, bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishdan iborat harbiy jinoyatlar va ularni Rossiyaga noqonuniy o‘tkazishga aloqador bo‘lishi mumkin. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Xalqaro jinoiy sudning ushbu qarori Rossiya uchun hech qanday ma’noga ega emasligi, hibsga olish mumkin bo‘lgan orderlar qonuniy kuchga ega bo‘lmasligini aytib chiqdi. Shuningdek, Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin hibsga olishga order berish haqidagi qarorni G‘arbning “isterika”si deb atadi.
Ma’lumot uchun, Xalqaro jinoiy sud 1998 yilgi Rim statutiga binoan tashkil etilgan. U BMT tarkibiga kirmaydi va nizomni ratifikatsiya qilgan davlatlar oldida javobgardir. Nizomning ishtirokchisi bo‘lmagan davlatlar orasida Rossiya (imzolangan, ammo ratifikatsiya qilmagan), AQSH (imzolangan, ammo keyinroq imzoni qaytarib olgan) va Xitoy (nizomni imzolamagan) bor.
Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud qoidalariga ko‘ra, ayblanuvchi shaxs Rim statutiga imzo chekkan davlatga safar qilsa, shu davlat uni ushlab, Gaagaga topshirishi shart. O‘zbekiston ham Rim statutiga 2000 yilda imzo chekkan, ammo hali parlament uni ratifikatsiya qilmagan.
2016 yilda Putin Rossiya XJTga a’zo bo‘lmasligi haqidagi farmonni imzolagan edi. Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu sud unga bildirilgan umidlarni oqlamadi va xalqaro adolatning haqiqiy mustaqil organiga aylanmadi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr