Putinni Germaniyada hibsga olishsa, barcha raketalarimiz shu zahoti Berlinga uchadi – Medvedev

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev agar Berlin Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni hibsga olsa, Rossiyaning barcha raketalarini Germaniyaga uchirish bilan tahdid qildi.

Dmitriy Medvedev mahalliy jurnalistlar va “VKontakte” foydalanuvchilaridan kelgan savollarga javob berayotgani tasvirlangan videolavhalarni Telegram kanaliga joylagan. Videoda u Yevropa rahbarlaridan norozi ekanini, ertami-kechmi vaziyat yaxshilanishi va bungacha Yevropaning amaldagi yetakchilarining ko‘pchiligi pensiyaga chiqib ketishi yoki vafot etishiga umid qilishini aytgan.

Shuningdek, u Putin Germaniyaga kelsa, hibsga olinishi bilan tahdid qilgan Germaniya Adliya vazirini haqorat qilgan va bunday vaziyatda Rossiya raketalari Berlinga uchirilishi bilan po‘pisa qilgan.

“Agar Germaniyada Rossiya Prezidenti hibsga olinsa, bu urush e’lon qilish bilan barobar bo‘ladi va bizning barcha raketalarimiz Bundestagga va kansler ofisiga uchib ketadi”, degan Medvedev.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va mamlakat Prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovani qamoqqa olishga order bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya Putin Medvedev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made