Putinni hibsga olish Rossiyaga qarshi urush ochish bilan teng – Ramafosa 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Xalqaro jinoiy sud (XJS) buyrug‘i bilan Janubiy Afrikada hibsga olinishi Rossiyaga urush e’lon qilish bilan barobar bo‘ladi. Bu haqda Janubiy Afrika Prezidenti Siril Ramafosa Gauteng provinsiyasi Oliy sudiga yuborilgan hujjatda qayd etdi.

"Prezident Putinni hibsga olish orqali Rossiyaga urush e’lon qilish hukumatga berilgan vakolatlarni buzib, konstitutsiyaga zid va noqonuniy ravishda ish ko‘rish bo‘ladi. Rossiya bilan urushga kirishish bizning konstitutsiyamizga to‘g‘ri kelmaydi. Men respublikaning milliy suvereniteti, tinchligi va xavfsizligini himoya qilish, shuningdek, respublika aholisining yashash va xavfsizlik huquqlarini hurmat qilish, himoya qilish va targ‘ib qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatlarga egaman”, degan Ramafosa. 

Shu bilan birga, Prezident Janubiy Afrika hukumati va XJS o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda maxfiylikni saqlash uchun suddan o‘z pozitsiyasini sir saqlashni talab qilgan. Biroq kecha, 18 iyul kuni Oliy sud Ramafosaning Putinni hibsga olish to‘g‘risidagi XJS so‘rovini bajarish talabiga yozma va maxfiy javob bergan. Sud qarori e’lon qilinganidan bir necha soat o‘tgach, Ramafosa o‘z bayonotining e’lon qilinishiga e’tiroz bildirmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan, chunki ular bolalarning noqonuniy deportatsiyasi bilan bog‘liq harbiy jinoyatlar uchun javobgar deb topilgandi. Shundan so‘ng XJSga a’zo bo‘lgan Janubiy Afrika hukumati Vladimir Putinni joriy yilning avgust oyida Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadigan  BRICS sammitida ishtirok etishdan bosh tortishga chaqirdi va Kremlni Putinni videoaloqa orqali sammitda ishtirok etishga ko‘ndirishga urindi. Keyinchalik Janubiy Afrika BRICS sammitida Rossiya rahbari Vladimir Putin o‘rniga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatnashishini iltimos qildi. Biroq Moskva buni rad etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin JAR BRICS XJS Ramaposa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing