Putinga qasddan koronavirus yuqtirish mumkinmi? Peskov javob berdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning koronavirus bilan kasallanishi dargumon deb hisoblamoqda. Bu haqda u Nailya Asker-zodaning “Xavfli virus. Ikkinchi yil” hujjatli filmi uchun bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Xo‘sh, eshiting - u Putin, kim unga virus yuqtiradi?”, deydi Kreml vakili jurnalistning kimdir qasddan Prezidentga virus yuqtirsa, qandaydir reja bormi, degan savoliga javoban.

Shu bilan birga, Peskov “voqealarning bunday rivojlanishi haqida o‘ylashni ham, gapirishni ham xohlamasligini” ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bilan aloqada bo‘ladigan barcha xodimlar karantin va zarur epidemiologik xavfsizlik qoidalariga rioya qilishadi, Prezidentning o‘zi esa “Rossiya Federatsiyasining mas’uliyatli fuqarosi sifatida emlangan, keyin qayta emlangan, shuningdek, burun vaksinasi tajribasida ham ishtirok etgan”.

Putin bilan gaplashmoqchi bo‘lgan har bir kishi dastlabki karantindan o‘tadi yoki “alohida sinovdan o‘tadi”, deya qo‘shimcha qilgan Peskov.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

540

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing